Gaz taqsimlashounc l MWw zVv년(9정에 4XS k .4
Gaz taqsimlash (ichki yonuv dvigatellarida) — ichki yonuv dvigateli kiritish va chiqarish organlarining davriy harakati (ochilib-yopilishi) natijasida yuz beradigan jarayon. U dvigatel silindrining yangi zaryad bilan toʻlishini (soʻrish, kirish) va ish bajarib boʻlgan gazning silindrdan chiqib ketishini (chikarish, chiqish) taʼminlaydi. Dvigatelning turi va tuzilishiga qarab, G. t. klapan (qopqoq)li, shaybali, zolotnikli (klapansiz), tirqishli va aralash boʻlishi mumkin. Kema va teplovoz ichki yonuv dvigatellari (dizellar)dagi G. t. tizimida qoʻshimcha kulachoklar va reversiv qurilmalar (qarang Revers) boʻladi. Bular dvigatel tirsakli valining aylanish yoʻnalishini oʻzgartirishga imkon beradi.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
